Telegram bot va Mini App
Mijoz Telegramʼning ichida menyuni koʻrib buyurtma beradi — hech narsa yuklab olmaydi.
- Menyu, savatcha va buyurtma
- Buyurtma darhol Telegramʼingizga keladi
- Admin panel: narx va mahsulotni oʻzingiz oʻzgartirasiz
Telegram Mini App · Bot · Admin panel · Sayt
Restoran, kafe va doʻkonlar uchun menyu, savatcha va admin panelli Telegram bot yasaymiz. Xaridor hech narsa yuklab olmaydi — buyurtma darhol sizning Telegramingizga keladi.
Bu jonli demo — bosib koʻring
Biznesingiz internetda buyurtma qabul qilishi uchun kerakli narsani yasaymiz. Siz faqat menyuni yuborasiz.
Mijoz Telegramʼning ichida menyuni koʻrib buyurtma beradi — hech narsa yuklab olmaydi.
Istalgan brauzerda ochiladi, Telegram shart emas. Havolasini Instagram va xaritalarga qoʻyasiz.
Direktga kunu tun mijoz tilida javob beradi. Mijoz raqam qoldirsa, darrov Telegramʼingizga keladi.
Jonli namunalarni telefoningizda ochib, oʻzingiz buyurtma berib koʻrasiz.
Har bir buyurtmadan foiz olinmaydi — narx oldindan aniq.
Mini App — 3 kundan, sayt — 5 kundan.
PDF, rasm yoki jadval — qolganini biz qilamiz.
Hech qanday roʻyxatdan oʻtish, parol yoki ilova yoʻq.
Havolani bosadi yoki botdagi «Menyu» tugmasini bosadi.
Rasm, narx va tarkibini koʻradi, savatchaga qoʻshadi.
Telefon, manzil va izohni yozadi — buyurtma darhol sizga keladi.
Biznesingiz uchun kerakli narsalar — ortiqcha murakkabliksiz.
Rasm, narx, tarkib yoki xususiyatlar, boʻlimlar va qidiruv.
Savatcha, telefon, manzil va izoh. Mijoz lokatsiyasini ham yuborishi mumkin.
Har bir yangi buyurtma tugmalar bilan keladi: qabul qilish, yoʻlga chiqdi, bajarildi.
Kompyuter va telefonda: buyurtmalar, narxni oʻzgartirish, yangi mahsulot qoʻshish, yashirish.
Xodim guruhga «Lavash tugadi» deb yozadi — menyu oʻzi yangilanadi. «Lavash tayyor» desa — yana sotuvda.
Buyurtma qabul qilinganda va yoʻlga chiqqanda bot mijozga oʻzi yozadi.
Oʻzbek va rus tilida — xaridor oʻzi tanlaydi.
Doʻkonlar uchun: tovar kelganda kutib turgan mijozlarga bot oʻzi xabar beradi.
Mahsulot sotib, buyurtma qabul qiladigan har qanday biznesga.
Har qanday biznesga sayt yasaymiz. Namunalarni bosib koʻring — sizniki ham shunday boʻladi.
Bitta sahifali sayt: xizmat yoki mahsulotingizni tanishtiradi va mijozni yozishga undaydi.
Biznesingiz haqida: xizmatlar va narxlar, jamoa, ishlaringiz, manzil va aloqa.
Mahsulot yoki taomlar rasm va narxi bilan. Mijoz savatchaga qoʻshib buyurtma beradi — buyurtma Telegramʼingizga keladi.
Bir martalik toʻlov · 5–14 kunda tayyor · domen narxi alohida
🛒 Buyurtma Telegramʼning oʻzida boʻlsin desangiz — Telegram Mini App: narxlar boʻlimida. Narxlarni koʻrish →
✨ Siz hozir koʻrib turgan sayt ham — biz yasagan sayt.
Menyu yoki katalog, rasmlar, narxlar, manzil va ish vaqti — istalgan shaklda: PDF, rasm yoki jadval.
Tarifga qarab 3, 7 yoki 14 kunda bot va Mini App tayyor boʻladi.
Bot havolasini xaridorlaringizga berasiz — buyurtmalar Telegramʼingizga kela boshlaydi.
🤝 Telegram botingiz yoʻqmi? 2 daqiqada ochishga yordam beramiz.
Bir martalik toʻlov va oylik xizmat. Har bir buyurtmadan foiz olinmaydi.
3 kunda tayyor
7 kunda tayyor
14 kunda tayyor
Oylik toʻlov — server (hosting) va qoʻllab-quvvatlash uchun.
Yoʻq. Hammasi Telegramʼning ichida ishlaydi.
Yoʻq. Faqat bir martalik toʻlov va oylik xizmat.
Ha, admin panel orqali — telefondan ham.
Oʻzbek va rus tilida. Ikkala til — Biznes va Premium tarifida.
Tarifga qarab 3, 7 yoki 14 kunda.
Server (hosting) va qoʻllab-quvvatlash uchun — bot kompyuteringiz oʻchiq boʻlsa ham ishlayveradi.
Muammo emas: 2 daqiqada ochishga yordam beramiz.
Istalgan shaklda: PDF, rasm yoki jadval.
Ha: landing — $150 dan, vizitka sayt — $200 dan, buyurtma qabul qiladigan katalog yoki menyu sayti — $300 dan. 5–14 kunda tayyor.
Biznesingiz haqida yozing: qaysi tarif mos kelishini va qancha vaqtda tayyor boʻlishini aytamiz.