Yechimlab Products RUDemolar
Instagram chatbot

Direktga kechasi ham javob beradigan yordamchi

Mijoz soat 2 da «narxi qancha?» deb yozsa, bot 10 soniyada javob beradi. Siz uxlayotgan boʻlsangiz ham, mijoz kutib qolmaydi.

sizning_sahifaDirekt
Assalomu alaykum, Chilonzorga yetkazib berasizlarmi?
Ha, 40–50 daqiqada yetkazamiz. Menyuni yuboraymi? Raqamingizni qoldirsangiz, buyurtmani tasdiqlaymiz.
+998 90 123 45 67
Sizning Telegramingizga: yangi mijoz, +998 90 123 45 67, Chilonzorga yetkazib berishni soʻradi.

Bot nima qiladi

Odatda menejer qiladigan oddiy ishlarni oʻziga oladi.

Darrov javob beradiKunu tun, dam olish kunlari ham.
Mijoz tilida yozadiOʻzbekcha lotin, kirill yoki ruscha. Qisqa, odamdek, 1–2 gap bilan.
Narx va yetkazish savollariNarxni faqat sizning katalogingizdan oladi, oʻzidan toʻqimaydi.
Kommentga Direkt xabarPostga «narx» yoki «+» deb yozgan odamga oʻzi Direktga yozadi.
Raqam keldi — siz bilasizMijoz raqam qoldirsa, shu zahoti Telegramingizga keladi: ismi, raqami, nima soʻragani.
Kerak boʻlsa sizga beradiBilmagan savolga javob oʻylab topmaydi. «Hozir menejerimiz yozadi» deydi.
Avto-postXohlasangiz, post va storislarni jadval boʻyicha oʻzi joylaydi.

Sizga nima beradi

24/7Kechasi va band paytda yozganlar yoʻqolmaydi
~10 son.2–3 soat emas. Tez javob olgan mijoz boshqa doʻkonga ketmaydi
−1 odamBir xil savolga kuniga 50 marta javob yozadigan operator kerak emas
HisobotHar hafta: nechta suhbat boʻldi, nechta odam raqam qoldirdi

Qanday ishga tushiramiz

Siz biznes haqida aytasizMahsulotlar, narxlar, yetkazib berish, ish vaqti.
Biz botni sozlaymizShu maʼlumotga oʻrgatamiz va sahifangizga ulaymiz.
Birga sinab koʻramizSiz mijoz boʻlib yozasiz, javoblar yoqmasa toʻgʻrilaymiz.
Bot ishga tushadiBirinchi oyda kuzatib boramiz, kerak boʻlsa qayta sozlaymiz.

3 xil biznes, 3 xil savol

Bot har biriga oʻz sohasi va mijoz tilida javob beradi.

🍕 Kafe va fastfood
Chilonzorga yetkazib berasizlarmi?
Ha, 40–50 daqiqada yetkazamiz. Menyuni yuboraymi?
💅 Goʻzallik saloni
Ertaga manikyurga yozilsa boʻladimi?
Ertaga 11:00 va 16:00 boʻsh. Qaysi biri qulay?
👗 Kiyim doʻkoni
Есть это платье в размере M?
Да, M есть в чёрном и бежевом. Доставить?

Narxi

$500bir marta: sozlash va ishga tushirish
$50/oyxizmat: bot ishlashi, kuzatuv va haftalik hisobot

Sahifangizga ham shunday bot kerakmi?

Telegramda yozing, demoni koʻrsatamiz. Telegramda yozish — @Consultion Boshqa namunalarni koʻrish